
O‘zbekiston terma jamoasi va «Istanbul Bashakshehir» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 10-tur ramziy jamoasida joy oldi.
Shomurodov «Alaniyaspor»ga qarshi uchrashuvda dublni rasmiylashtirdi. SofaScore portali futbolchini 8,7 ball bilan bahodi.
Shuningdek, tur jamoasiga «Galatasaroy» vingeri Leroy Sane (7.9), «Fenerbahche» a’zosi Taliska (9.2) va Eldorning jamoadoshi Da Kostalar (8.3) ham kiritilgan. Sane «Gyoztepe»ga qarshi bahsda ancha faol harakat qilib, jamoasi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Taliska esa «Gaziantep»ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi.

To‘purarlar ro‘yxatida ham o‘zgarishlar bor. «Fenerbahche» hujumchisi Yusuf En-Nesiri «Gaziantep» darvozasiga ikki gol kiritib, chempionatdagi gollari sonini 6 taga yetkazdi. Marokashlik hujumchi bu orqali Eldor va Mauro Ikardiga tenglashib oldi. Ro‘yxatda hamon «Trabzonspor» forvardi Pol Onuachu yetkchilik qilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodov to‘purarlar poygasiga qo‘shilgani haqida xabar bergan edi.