Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sanjar Karimov bermoqchi bo‘layotgan uy haqida munosabat bildirdi

eʼlon qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda bloger Sanjar Karimov (Real Sanjik) bolalar uyi uchun tekin uy berish niyati bilan chiqish qilgani muhokamalarga sabab bo‘lgandi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Real Sanjik bermoqchi bo‘layotgan uy haqida munosabat bildirdi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Real Sanjik bermoqchi bo‘layotgan uy haqida munosabat bildirdi. Kollaj: Kursiv Uzbekistan

Ijtimoiy tarmoqlarda bloger Sanjar Karimov (Real Sanjik) bolalar uyi uchun tekin uy berish niyati bilan chiqish qilgani muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bloger 24-oktabr kuni 22-sonli «Mehribonlik» uyiga tashrif buyurib, Shayxontohur tumanidagi uyini bolalar uyi ehtiyojlari uchun tekin berish haqida ariza topshirgan. Ammo muassasa rahbari unga bu kabi uylar to‘liq davlat ta’minotida ekanini tushuntirgan.

«Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tomonidan belgilangan tartibda uy-joy, ovqatlanish, kiyim-kechak, ta’lim va tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Shuningdek, turarjoyni topshirishga oid notarial tasdiqlangan hujjatlar taqdim etilmagan», – deyiladi munosabatda.

So‘nggi yillarda 10 dan ortiq «Mehribonlik» uylari yopilib, bolalar 300 ga yaqin oilaviy bolalar uylariga joylashtirilgan. Maqsad – bolalarni oilaviy muhitda, vasiylik yoki g‘amxo‘rlikda tarbiyalashdan iborat.

Agentlik ma’lum qilishicha, har qanday ezgu tashabbus hurmat bilan qabul qilinadi, biroq asosiy e’tibor endilikda bolalarni oilalarga joylashtirish, ularning muhabbat va g‘amxo‘rlik muhitida ulg‘ayishini ta’minlashga qaratilgan.

Avvalroq Toshkentda bo‘lajak kuyov qizni aldab, uyini sotib yuborgan holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot bergandi.

Unga ko‘ra, 2024-yil avgust oyida 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro 1999-yilda tug‘ilgan fuqaroga uylanmoqchi ekanini aytib, uning ishonchiga kirgan. Ammo to‘ydan avval muammolari borligini aytib, uni hal qilish uchun qizning uyini garovga qo‘yib turishini aytgan. Muammolari hal bo‘lishi bilan uyni ularga qaytarishini aytib, uyni boshqa fuqaroga $240 mingga sotib yuborgan. Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan firibgarlik (Jinoyat kodeksi 168-modda, 4-qism «a» bandi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi tanlangan.

Shuningdek