Ilon Mask 1 trillion dollarlik maosh rejasi tasdiqlanmasa, Tesla’ni tark etishi mumkin

eʼlon qilindi
Mazkur masala 6-noyabrda bo‘lib o‘tadigan yillik yig‘ilishda qayta ko‘rib chiqiladi
Ilon Mask Tesla’ning $1 milliardlik aksiyalarini sotib oldi
Ilon Mask 1 trillion dollarlik maosh rejasi tasdiqlanmasa, Tesla’ni tark etishi mumkin / Foto: Vm.ru

Tesla kompaniyasi bosh direktori Ilon Mask taklif etilgan $1 trlnlik maosh paketi tasdiqlanmasa, lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda kompaniya kengashi raisi Robin Denholm aksiyadorlarga yo‘llagan xatida ma’lum qildi, deya yozmoqda Reuters.

Denholmning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mukofot rejasi Maskni kamida yana yetti yarim yil davomida Tesla’ni boshqarishda davom etishga undash uchun ishlab chiqilgan.

Tesla kengashi esa so‘nggi paytlarda aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilmagani va Maskning ta’siri ustidan nazorat yetarli emasligi uchun tanqidga uchramoqda. Mazkur masala 6-noyabrda bo‘lib o‘tadigan yillik yig‘ilishda qayta ko‘rib chiqiladi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask asos solgan SpaceX Starship raketasining 11-parvozi muvaffaqiyatli yakunlangani haqida yozgan edik.

Shuningdek