IM LS9 gibrid avtomobili haqida nimalar ma’lum

28-oktabr 2025 11:14 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
IM Motors
IM LS9 EREV gibrid avtomobili / Foto: IM Motors

Xitoyning IM Motors kompaniyasi tomonidan yangi avlod IM LS9 EREV gibrid modelining oldindan savdosi 4-noyabrdan boshlandi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, rasmiy taqdimot esa yil oxirigacha o‘tkazilishi kutilmoqda. IM LS9 olti o‘rindiqli, kvadrat shakldagi dizayn bilan ishlab chiqilgan. Old faralari L shaklida bo‘lib, ularni yagona yorug‘lik chizig‘i bog‘lab turadi. Avtomobil yashirin eshik tutqichlari, 20 – 22 dyuymli disklari va ixtiyoriy Brembo tormoz kaliperlari bilan jihozlangan.

Foto: IM Motors

Model Lizard Digital Chassis 3.0 tizimiga ega bo‘lib, 24° burchakda to‘liq g‘ildiraklar burilishini ta’minlaydi. Shuningdek, avtomobil 150 mm ikki kamerali havo osmasi tizimiga ega.

O‘lchamlari ham qulay. Uzunligi 5279 mm, eni 2000 mm, balandligi 1806 mm, g‘ildiraklar bazasi 3160 mmni tashkil etadi. Avtomobil og‘irligi 2695 kg.

Foto: IM Motors

IM LS9’da kompaniyaning yangi Stellar EREV tizimi o‘rnatilgan. U Zephyr 1.5T benzinli generator (114 kVt, 153 ot kuchi) va ikkita elektromotordan iborat. Elektromotorlar quvvati mos ravishda 160 kVt (215 ot kuchi) va 230 kVt (308 ot kuchi).

Akkumulyator – 65,9 kVt/soatli CATL 800V Freevoy Super Hybrid Battery, faqat elektrda yurish masofasi 402 km (CLTC). Umumiy yurish masofasi esa 1500 km ga teng. Tezkor zaryadlashda 15 daqiqada 310 km zaryad to‘planadi.

Foto: IM Motors

Yonilg‘i sarfi atigi 2,81 l/100 km, maksimal tezligi 220 km/soat. Ichki salon tafsilotlari hali ochiqlanmagan, ammo ma’lumki, avtomobil Bang & Olufsen audio tizimi va 4D massaj funksiyasiga ega o‘rindiqlar bilan jihozlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Buick Electra L7 avtomobili sinovda raqobatchilarni ortda qoldirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek