
iPhone 17 Pro Max kompaniya tarixidagi eng chuqur yangilanishlardan biri bo‘ldi. Mutaxassislar va blogerlar uni iPhone 13 Pro Max’dan buyon eng katta qadam deb atashmoqda. Biz esa foydalanuvchi tajribasiga asoslanib, bu modelni haqiqatda mukammal qilgan 17 ta asosiy sababni jamladik.
1. Yangi dizayn
Korpus endi butunlay alyuminiydan ishlangan, chok va kesimlarsiz. Shu sababli telefon qo‘lda yanada qulayroq turadi va uzoq foydalanishda ham barmoqlarga bosim bermaydi. Dizayn nafaqat chiroyli, balki issiqlikni yaxshiroq tarqatadi, ya’ni o‘yin yoki video yozuv paytida iPhone 15 va 16’dagidek qizib ketmaydi.
2. Ranglar — nihoyatda yorqin
Deep Blue va Cosmic Orange ranglari jonli va hashamatli ko‘rinadi, lekin haddan tashqari jilo bermaydi. Bu yil Pro modellarda ham yorqin ranglar paydo bo‘ldi — endi iPhone 17 Pro Max fon orasida darhol ajralib turadi.
3. Quyoshda o‘qilishi oson ekran
Apple birinchi marta antibloklovchi (anti-glare) oynadan foydalandi. Hatto yorqin quyosh ostida ham ekran tiniq va o‘qilishi oson.
4. Eng yorqin iPhone
5. Mustahkam ekran oynasi
Ceramic Shield 2 himoya oynasi endi yanada chidamli. Bir oylik foydalanishdan so‘ng ham ko‘plab foydalanuvchilarda hech qanday tirnalish kuzatilmagan.
6. Ko‘zlar uchun xavfsiz displey
Apple nihoyat ShIM (PWM) muammosini hal qildi. Endi ekranning past yorqinligida ham ko‘z charchamaydi, kechki o‘qish paytida esa bezovtalik kamayadi.
7. Yangi selfi kamera
Old kamera 18 MP bo‘lib, kvadrat shakldagi sensor tufayli portret va landshaft formatida aniq suratlar olish mumkin. SI yordamida stabilizatsiya, Center Stage va Action Mode kabi funksiyalar ham qo‘shilgan.
8. Ikki kamerali video yozuv
Endi old va orqa kameradan bir vaqtning o‘zida video yozish mumkin. Bu vlogerlar uchun ideal — reaktsiya va voqeani bitta faylda olish imkonini beradi.
9. Telefoto kamera — 200 mm fokus
iPhone 17 Pro Max’dagi 48 MP telefoto kamera 8x gibrid zum va 200 mm fokus masofasiga ega. Natijada uzoqdan ham aniq va detal yo‘qotmasdan suratga olish mumkin.
10. ProRes RAW formatida suratga olish
Apple endi professional format — ProRes RAW’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu ranglarni, yorug‘likni va ekspozitsiyani kinostudiyalar darajasida sozlash imkonini beradi.
11. 2 TB xotira
Katta hajmdagi videolarni saqlovchilar uchun endi 2 terabaytli versiya mavjud. Bu professional kontent yaratuvchilar uchun ideal yechim.
12. A19 Pro chip
Yangi A19 Pro chipi bilan iPhone 17 Pro Max videoni tezroq eksport qiladi, o‘yinlarda esa FPS barqaror saqlanadi. Katta fayllarni qayta ishlash tezligi oldingi modellarga nisbatan 30–40% oshgan.
13. Suyuq sovitish tizimi
Apple ilk bor bug‘ kamerali sovitish tizimi o‘rnatdi. Bu A19 chipining haroratini nazorat qilib, uzoq o‘yin yoki video paytida telefonni qizishdan saqlaydi.
14. Uch kungacha quvvat
iPhone 17 Pro Max batareya ishlash vaqtini 2–3 kungacha uzaytirdi. Bu oldingi modelga nisbatan 10–15% yaxshilanish demakdir.
15. Tezkor zaryadlash
Endi iPhone 17 Pro Max 20 daqiqada 50% gacha quvvatlanadi. 40 Vt adapter bilan bu haqiqatan seziladi.
16. Uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash
Apple ushbu model uchun 7 yilgacha ehtiyot qismlar va 10 yilgacha iOS yangilanishlari chiqarishni kafolatlagan. Bu telefonni uzoq yillar ishlatish imkonini beradi.
17. Yangi TechWoven g‘iloflar
Apple maxsus TechWoven chехollar seriyasini taqdim etdi. Ular faqat 17-avlod uchun chiqarilgan bo‘lib, maxsus tutqich tizimi va mustahkam tuzilma bilan ajralib turadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan iPhone 17 Pro selfi sifati bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallagani haqida xabar bergan edi.