Gadjetlar

Janubiy Koreyada Samsung Galaxy S25+ o‘z-o‘zidan yonib ketdi

samsung
Foto: Cheoeuijan-ah

Janubiy Koreyada Samsung Galaxy S25+ o‘z-o‘zidan yonib ketgani aytilmoqda. Bu haqda R1.community.samsung saytida ma’lum qilindi.

Qurilma egasi voqea paytida telefon qo‘lida qizib, g‘alati shovqin chiqqach, uni polga tashlaganini aytgan. Shundan so‘ng smartfon yonib ketgan.

Foydalanuvchi Samsung kompaniyasining rasmiy forumida yonib ketgan telefonning suratlarini ham joylagan. Unga ko‘ra, telefon odatdagi ishlatish paytida qizib ketgan.

Foto: The Verge

Samsung servis markazida mutaxassislar yong‘in sababi aniq emasligini bildirgan. Shunga qaramay, kompaniya foydalanuvchiga qurilma qiymatini to‘liq qaytarib bergan.

Hozircha Samsung kompaniyasi bu holat yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yil kuzida xarid qilishga arziydigan 5 ta smartfon haqida yozgan edi.