Litva Belarus bilan chegarasini yopdi

eʼlon qilindi
Belarus esa bu qarorga norozilik bildirib, Litvaga nota yo‘lladi
Litva Belarus bilan chegarasini yopdi / Foto: Blizko.by

Litva hukumati Belarus tomonidan havo hududining doimiy ravishda «buzilishi» sababli ikki davlat o‘rtasidagi chegarani yopdi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Litva bosh vaziri Inga Ruginienening so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Belarus tomondan o‘nlab geliy sharlar mamlakat osmoniga kirib kelgan.

Ruginiene bu holatni Yevropa Ittifoqi va NATOga nisbatan gibrid tahdid deb atab, qat’iy javob berishga chaqirdi. U, shuningdek, sharlarni urib tushirish uchun qurolli kuchlarga topshiriq berilganini aytdi.

Belarus esa bu qarorga norozilik bildirib, Litvaga nota yo‘lladi va fuqarolarning erkin harakatlanish huquqi buzilganini ta’kidladi.

So‘nggi oylar davomida Belarusdan kontrabanda sigaretalar tashuvchi kichik havo sharlarining ham Litva hududiga kirgani qayd etilgan. Yevropa Ittifoqi rasmiylari bunday harakatlarni provokatsiya va beqarorlashtirish urinishlari sifatida baholamoqda.

NATO esa Sharqiy Yevropadagi havo xavfsizligini mustahkamlash uchun Eastern Sentry operatsiyasini boshlab, Rossiya tahdidiga qarshi ogohlikni kuchaytirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar besh yildan so‘ng tiklangani haqida yozgan edik.

Shuningdek