Markaziy bankda yangi tayinlovlar amalga oshirildi

eʼlon qilindi
Rahbariyatda yangi o‘rinbosarlar ish boshladi
Markaziy bank yettita bank va 13 ta to‘lov tashkilotini ogohlantirdi
Markaziy bankda yangi tayinlovlar amalga oshirildi / Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida rahbariyat tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Bu haqda regulyator axborot xizmati ma’lum qildi.

Nodirbek Muhammadievich Achilov Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. U ilgari Monetar operatsiyalar departamentiga rahbarlik qilgan.

Foto: Markaziy bank

Shuningdek, Sanjar Salaydinovich Nosirov ham rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti rahbari bo‘lgan.

Nusratulla Nigmatullaevich Fazilov esa Banklarni prudensial nazorati departamenti rahbari lavozimidan Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank asosiy stavkani yana 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirgan edi.

Shuningdek