
OnePlus kompaniyasi tominidan yangi OnePlus 15 smartfoni rasman taqdim etildi. Eng qiziqarli yangiliklardan biri kamera tizimida Hasselblad brendi ishtirok etmaydi.
GSMArena nashri qurilma yordamida olingan birinchi real suratlarni e’lon qildi. Rasmlar turli modullarda — asosiy kamera, teleobyektiv va ultra keng burchakli linza yordamida olingan. Ularda kunduzgi ham, tungi tasvirlar ham bor.




OnePlus 15 uchta 50 megapikselli Sony IMX906 sensori bilan jihozlangan. Asosiy modul keng burchakli obyektivga ega, telekamera esa 120 martagacha raqamli zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Suratlarda ranglar tabiiy, kontrast muvozanatli va tungi rejimda ham tafsilotlar yuqori aniqlikda saqlanadi.




OnePlus’ning yangi modeli nafaqat kuchli kamerasi, balki qayta ishlangan dizayni, yangilangan OLED displeyi va samaradorligi bilan ham e’tiborga loyiq.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OnePlus Turbo smartfoni qanday xususiyatlarga egaligi haqida yozgan edi.