
OnePlus kompaniyasi tomonidan yangi OnePlus Tablet 2 plansheti rasman taqdim etildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Qurilma OnePlus 15 va OnePlus Ace 6 smartfonlari bilan birgalikda namoyish qilindi.
Yangi planshet uch xil versiyada sotuvga chiqadi:
- 8/256 GB – $385;
- 12/256 GB – $425;
- 16/512 GB – $495.
OnePlus Tablet 2 12,1 dyuymli 3K displey (3000×2120 piksel) bilan jihozlangan. Ekran yorqinligi 900 nitgacha, yangilanish chastotasi esa 144 Hz.

Planshet MediaTek Dimensity 9400+ protsessori asosida ishlaydi. Qurilma sovitish tizimi maydoni 46 600 mm² bo‘lib, korpus qalinligi atigi 5,99 mm, og‘irligi esa 579 grammni tashkil etadi.
Model qutidan Android 16 asosidagi ColorOS 16 tizimi bilan chiqadi. Akkumulyator sig‘imi 10 420 mA/soat, u 67 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
OnePlus kompaniyasi dastlabki xaridorlarga ekran uchun 1 yillik kafolatni ham taqdim etadi, uning qiymati taxminan $35 ga teng.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OnePlus 15 smartfonining kamerasi qanday imkoniyatlarga egaligi haqida yozgan edi.