Yangiliklar

O‘zbekiston to‘qqiz oyda 1,5 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,5 foizga ko‘p
O‘zbekiston to‘qqiz oyda 1,5 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi
O‘zbekiston to‘qqiz oyda 1,5 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi. Foto: ijtimoiy tarmoq

2025-yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati qariyb $1,5 milliardga teng 1,6 million tonna meva-sabzavot eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mitaga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 111,5 ming tonna yoki 7,5 foizga ko‘p bo‘lib, jami eksportdagi ulushi 5,5 foizni tashkil etdi.

Eksport tarkibida meva va rezavorlar 456,1 ming tonna, sabzavotlar 504,4 ming tonna, tarvuz va qovun 229,2 ming tonna, yeryong‘oq va yong‘oqlar 17,7 ming tonna, mosh 36,4 ming tonna, qolgan 362,5 ming tonna esa boshqa mahsulotlardan iborat bo‘lgan.

Avvalroq Oʻzbekistonning tashqi savdo hajmi 2025-yilning yanvar – sentabr oylarida $59,8 milliardni tashkil etgani xabar qilingandi. Bunda Xitoy Oʻzbekistonning asosiy savdo hamkori boʻlib qolmoqda – $11,4 mlrdlik koʻrsatkich bilan. Ikkinchi oʻrinda Rossiya ($9,4 mlrd), uchinchi oʻrinda esa Qozogʻiston ($3,5 mlrd) joylashgan. Shuningdek, beshlikdan Turkiya ($2,2 mlrd) va Janubiy Koreya ($1,3 mlrd) ham oʻrin oldi.