Qonunchilik palatasi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara shartnomasini ma’qulladi

eʼlon qilindi
Hujjatga ko‘ra, uch davlat chegaralari tutashgan nuqtaning joylashuvi hamda bu nuqtadagi chegaralar chizig‘ining o‘tish tartibi aniq belgilangan
Foto: Qonunchilik palatasi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara shartnomasi ma’qullandi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur shartnoma 2025-yil 31-mart kuni Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda imzolangan. Hujjatga ko‘ra, uch davlat chegaralari tutashgan nuqtaning joylashuvi hamda bu nuqtadagi chegaralar chizig‘ining o‘tish tartibi aniq belgilandi.

Shartnoma uch qardosh mamlakatlar o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, bu kelishuv butun Markaziy Osiyo mintaqasining xalqaro nufuzini oshiradi.

Hujjat nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ham ega. U uch davlat fuqarolari o‘rtasidagi aloqalarni jadallashtirishga, chegaraoldi hududlarda savdo va iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan shaxsni tasvirga olish va undan foydalanishda rozilik majburiy bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek