Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 28-oktabr kuni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Shuningdek, prezident Aleksandr Vuchich shu hafta Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva AQSh prezidentining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili va davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi.