Toshkent shahar va viloyatini bog‘laydigan 134-sonli avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi
eʼlon qilindi
Avtobus yo‘nalishning biri uzaytirilib, ikkinchi tomoni qisqartirildi

2025-yil 29-oktabrdan boshlab 134-sonli avtobus yo‘nalishi uzaytiriladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Avval bu yo‘nalish Nazarbek qishlog‘idan Janubiy vokzal bekatigacha harakatlangan. Endilikda avtobuslar Bog‘ishamol mahallasi – Chilonzor metrosi yo‘nalishida qatnaydi.
Ma’lumot uchun, hozirda Chilonzor metrosi – Janubiy vokzal oralig‘ida yo‘lovchilar uchun 8, 48, 70, 84, 99 va 131-sonli avtobus yo‘nalishlari xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu yo‘nalishlarda jami 75 ta avtobus qatnaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shota Rustaveli ko‘chasida yana uchta avtobus harakati qayta tiklanishi haqida yozgan edik.