Toshkent viloyatidagi metan «zapravka» 6 milliard so‘mlik gazni o‘g‘irlagani aniqlandi

eʼlon qilindi
O‘tkazilgan tekshiruvda shoxobchada hisoblagichdagi toraytiruvchi qurilma tartibi o‘zgartirilgani ma’lum bo‘ldi
Toshkent viloyatidagi «metan zapravka» 5,9 milliard so‘mlik gazni o‘g‘irlagani aniqlandi
Toshkent viloyatidagi «metan zapravka» 5,9 milliard so‘mlik gazni o‘g‘irlagani aniqlandi. Foto: Energetika vazirligi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

O‘tkazilgan tekshiruvda shoxobchada hisoblagichdagi toraytiruvchi qurilma tartibi o‘zgartirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu orqali gaz sarfini yashirish yo‘li bilan tizimdan noqonuniy foydalanib kelingan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat gaz ta’minoti korxonasiga deyarli olti milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Chust tumanidagi «zapravka»da sodir bo‘lgan chaqnash oqibatida bir kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Xabar berilishicha, hodisa 2025-yil 25-oktabr kuni soat 18:47 da sodir bo‘lgan. Voqea joyiga uchta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib borgan. Yong‘in kelib chiqmagan. Aniqlanishicha, 10 tonnalik yoqilg‘i saqlash sisternasini boshqa joyga ko‘chirish jarayonida yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgani sabab chaqnash yuz bergan.

Shuningdek