Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun yangi tariflar 12-noyabrdan joriy etiladi

eʼlon qilindi
Poytaxt aholisi issiqlik energiyasining to‘liq qiymatini to‘lamaydi — xarajatlarning taxminan 80 foizi mahalliy budjet hisobidan qoplanadi
Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun yangi tariflar 12-noyabrdan joriy etiladi
Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun yangi tariflar 12-noyabrdan joriy etiladi. Foto: Kursiv Uzbekistan

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti uchun xizmatlar narxi 2025-yil 12-noyabrdan oshiriladi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida xabar berdi.

Avvalroq narxlar quyidagicha tasdiqlangandi:

  • bazaviy tarif (QQSsiz) 711 641 so‘m/Gkal;
  • aholi uchun (QQSsiz) 139 860 so‘m/Gkal;
  • budjet tashkilotlariga 952 797 so‘m/Gkal;
  • boshqa ulgurji xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga (QQSsiz) 342 296 so‘m/Gkal.

Kompaniya poytaxt aholisi issiqlik energiyasining to‘liq qiymatini to‘lamasligini — xarajatlarning taxminan 80 foizi mahalliy budjet hisobidan qoplanishini qo‘shimcha qildi. Olingan mablag‘lar issiqlik va issiq suv bilan ta’minlash, shuningdek, infratuzilmani ta’mirlash va yangilash ishlariga yo‘naltiriladi.

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi hozirda poytaxtda issiqlik tizimini modernizatsiya qilish, tarmoqlarni yangilash va yopiq issiqlik tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda. Xususan:

  • 474,13 km eskirgan tarmoqlarni joriy ta’mirlash;
  • 73,5 km issiqlik tarmoqlarini yangilash;
  • 21,34 km issiqlik izolyatsiyasini tiklash;
  • 23 ta mahalliy qozonxona va 13 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish;
  • 669 ta klapan va 345 ta kompensatorni almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston aholisi uchun «yashil energiya» subsidiyalari joriy etilgani xabar qilingandi. Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar uylarida energiya tejamkor tizimlar o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini davlat hisobidan qoplash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Nizom quyosh panellari, geliokollektorlar, issiqlik nasoslari hamda boshqa turdagi maishiy isitish moslamalarini o‘rnatish xarajatlarini qisman moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Shuningdek