Toshkentda Yandex Go haydovchisi mashinada chaqaloq tug‘ilishiga ko‘maklashdi

eʼlon qilindi
Holat 2025-yil 21-oktabr kuni sodir bo‘lgan
Yandex Go
Toshkentda Yandex Go haydovchisi mashinada chaqaloq tug‘ilishiga ko‘maklashdi / Foto: Yandex Go

Toshkent shahrining Bektemir tumanida Yandex Go haydovchisi yo‘lovchi ayolga mashina ichida tug‘uruq jarayonida tibbiy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi aslida amaldagi shifokor-pulmonolog bo‘lib, yoz oylaridan buyon taksi xizmatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Homilador ayol, uning qaynonasi va farzandi 5-shahar tug‘uruqxonasiga yo‘l olayotgan paytda ayolning holati og‘irlashgani bois tug‘uruq avtomobil ichida boshlangan.

Haydovchi o‘zining tibbiy tajribasidan foydalangan holda qaynonasi bilan birgalikda chaqaloqni sog‘-omon dunyoga keltirgan. Shundan so‘ng u ona va yangi tug‘ilgan chaqaloqni yaqin atrofdagi tez yordam bo‘limiga yetkazgan.

Tibbiyot xodimlarining ma’lumotiga ko‘ra, ona va chaqaloqning ahvoli barqaror. Haydovchi bu voqeani o‘z faoliyatidagi «eng noodatiy chaqiruv» sifatida baholab, yordam bera olganidan mamnunligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metrosida tug‘ilgan chaqaloq va uning onasiga metro umrbod bepul bo‘lishi haqida yozgan edik.

Shuningdek