Yangiliklar

Xorazmda 1,6 milliard so‘mlik noqonuniy elektron tamaki mahsulotlari aniqlandi

Do‘kon sotuvchisi xaridorga xorijda ishlab chiqarilgan uch dona elektron tamaki mahsulotini 800 ming so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi
Xorazmda 1,6 milliard so‘mlik noqonuniy elektron tamaki mahsulotlari aniqlandi
Xorazmda 1,6 milliard so‘mlik noqonuniy elektron tamaki mahsulotlari aniqlandi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida 1,6 milliard so‘mlik noqonuniy elektron tamaki mahsulotlari savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Prokuratura departamenti

Unga ko‘ra, do‘kon sotuvchisi xaridorga xorijda ishlab chiqarilgan uch dona elektron tamaki mahsulotini 800 ming so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Departament o‘tkazgan tadbir davomida Urganch shahridagi Islomobod mahallasida joylashgan uydan hujjatsiz 32 turdagi, jami 8,4 ming dona elektron tamaki, nikotinli yostiqchalar va nikotinli suyuqliklar topildi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi – tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Norin tumanida uch mingdan ortiq aksiz markasiz tamaki mahsuloti musodara qilingandi. Ma’lum qilinishicha, fuqaro «J.I.» MCHJ savdo do‘konida qonun talablarini buzgan holda tamaki mahsulotlarini sotib kelgan. Tekshiruv jarayonida do‘kondan umumiy qiymati 60,2 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 3 302 dona aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.