Yamayka 2025-yilning eng kuchli to‘foniga tayyorgarlik ko‘rmoqda

eʼlon qilindi
Mamlakat «Melisa» to‘foni sabab favqulodda holatda
Yamayka 2025-yilning eng kuchli to‘foniga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Yamaykada yilning eng kuchli tabiiy ofati kutilmoqda. Hukumat aholiga uyda qolish va evakuatsiya ko‘rsatmalariga amal qilishni buyurdi. Yamayka hukumati 27-oktabr kuni «Melisa» to‘foni sababli favqulodda holat e’lon qildi.

Soatiga 280 km tezlikda esayotgan shamollar tufayli orolga 1851-yildan beri kuzatilgan eng kuchli to‘fon zarba berishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Melisa» 5-toifali to‘fon bo‘lib, markaziy bosimi past va shamol tezligi bo‘yicha hozircha dunyodagi eng kuchlisi hisoblanadi. To‘fon 28-oktabr, seshanba tongida Yamaykaning janubi-g‘arbiy qismiga urilishi kutilmoqda.

Poytaxt Kingston yaqinida xavfli kuchdagi shamollar allaqachon sezila boshlagan. Rasmiylarga ko‘ra, Yamaykada kamida 3 kishi halok bo‘lgan, Gaiti va Dominikan Respublikasida esa 4 nafar qurbon qayd etilgan.

Meteorologlar «Melisa»ning sekin harakatlanishi kuchli yomg‘irlarni keltirib chiqarishi, bu esa o‘limga olib keluvchi suv toshqinlari va ko‘chkilar xavfini oshirayotganini ta’kidladi. Ayrim hududlarda 4 kun ichida 100 sm gacha yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

«Har bir fuqaro to‘fonga tayyor bo‘lishi, uyda qolishi va evakuatsiya buyruqlarini bajarishi lozim. Bu to‘fonni yengamiz, ammo ehtiyotkorlik bizning eng muhim qurolimiz», — deb ogohlantirdi mamlakat bosh vaziri Endryu Holnes

Yamaykada aholiga 881 ta boshpana ochilgan, ularga bepul kirish ta’minlanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila yuz bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek