Sobiq Yaponiya bosh vazirining qotili, Kasb va mehnat kuni, Zomin tumanida qalin qor — 29-oktabrning eng muhim yangiliklari

O‘zbekistonda 5-may «Kasb va mehnat kuni» sifatida belgilandi

O‘zbekistonda 5-may sanasi endilikda «Kasb va mehnat kuni» sifatida nishonlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Sobiq Yaponiya bosh vazirining qotili aybini tan oldi

Tokioda sobiq Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abeni o‘ldirishda ayblanayotgan 45 yoshli Tetsuya Yamagami sudda aybini tan oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Oppo Find X9 Pro eng uzoq ishlovchi smartfon deya e’tirof etildi
PhoneBuff tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi avtonomiya sinovlarida Oppo Find X9 Pro raqobatchilarini ortda qoldirib, eng uzoq ishlovchi smartfon sifatida tan olindi. Sinovlar maxsus robot tizimi yordamida aniq sharoitda amalga oshirilgan.
Associated Press: AQSh Venesuela prezidentini o‘g‘irlashga urindi
Associated Press nashrining yozishicha, AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi xodimi, 50 yoshli Edvin Lopes 2024-yil aprelida Venesuela rahbarining uchuvchisini yollashga urinib ko‘rgan. Maqsad Maduroni AQSh nazoratidagi hududga olib kelish edi.
Tecno Pova 7 Pro o‘zi qanday smartfon: narxi va xususiyatlari
Ko‘pchilik bu model haqida eshitmagan, lekin Tecno Pova 7 Pro Nothing Phone’ga arzigulik alternativ bo‘lishi mumkin. Kursiv Uzbekistan Palach nashriga tayanib, ushbu smartfon haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladi.
Sirdaryoda gumonlanuvchidan pora olgan advokat qo‘lga olindi

Sirdaryo tumanidagi advokatlik byurosi advokati o‘z xizmat mavqeyini suiiste’mol qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Barselona»ning 18 yoshli yulduzi Pau Kubarsi dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylandi

Dunyoga mashhur Transfermarkt portali dunyoning eng qimmat himoyachilari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Barselona» va Ispaniya terma jamoasining futbolchisi Pau Kubarsi birinchi o‘rinni band etgan.
Jizzax viloyatining Zomin tumanida qalin qor yog‘di — video
Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi dengiz sathidan 2,4 ming metr balandlikda joylashgan Suffa qishlog‘ida 28-oktabr kuni kechasi qor yog‘gani haqidagi videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Radioaktiv chiqindilarning xavfsizlik talablari tasdiqlandi

Adliya vazirligi radioaktiv chiqindilar bilan muomala talablari ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Yaponiya va Dominikanning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi
Yaponiya elchisi Kenji Hirata hamda Dominikan respublikasining elchisi Alexandro Arias Sarsuela O‘zbekistonda o‘z diplomatik faoliyatlarini boshladi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ulardan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olganini ma’lum qildi.