AQSh va Janubiy Koreya $350 milliardlik savdo kelishuvini imzoladi

eʼlon qilindi
Mablag‘ning $200 mlrd qismi naqd shaklda beriladi
AQSh va Janubiy Koreya $350 milliardlik savdo kelishuvini imzoladi / Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp va Janubiy Koreya rahbari Li Jae Myong yangi savdo kelishuvini yakunladi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Janubiy Koreya AQShdagi sarmoyalarini $350 mlrdga oshiradi, buning evaziga AQSh import bojlarini kamaytiradi.

Kelishuvga ko‘ra, $200 mlrd naqd shaklda, $150 mlrd esa kemasozlik sohasiga yo‘naltiriladi. Foydalar teng ulushda taqsimlanadi va faqat tijoriy jihatdan foydali loyihalar amalga oshiriladi.

Foto: Reuters

Tramp uchrashuv davomida Xitoy raisi Si Szinpin bilan bo‘ladigan muloqot haqida ham ijobiy fikr bildirdi. U Xitoy bilan kelishuv orqali AQSh bojlarini kamaytirish va fentanil moddalari ishlab chiqarilishini cheklash bo‘yicha «yaxshi natija» kutayotganini aytdi.

Sammit Gyonju shahrida, Osiyo – Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Trampni Janubiy Koreya prezidenti oltin toj va mamlakatning eng oliy ordeni bilan taqdirladi.

Shu bilan birga, sammit tashqarisida yuzlab norozilik namoyishlari ham kuzatildi. Ayrim Janubiy koreyaliklar Tramp siyosatini tanqid qilib, AQShning bosimiga qarshi chiqishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev kelasi hafta Vashingtonda Tramp bilan uchrashishi haqida yozgan edik.

Shuningdek