Arcfox yangi Alpha T5 elektromobilini taqdim etdi

29-oktabr 2025 12:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Autohome

Xitoyning BAIC kompaniyasiga qarashli Arcfox brendi Alpha T5 modelini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Yangi Alpha T5 jami 7 xil komplektatsiyada taqdim etilmoqda. Rasmiy narx oralig‘i 113,800 – 158,800 yuanni (taxminan $16 ming – $22,2 ming) tashkil etadi.

Foto: Autohome

Kengaytirilgan yurish masofasi

EREV versiyasi 1,5 litrli BAIC Shenqing tizimiga ega bo‘lib, 215 km sof elektr masofa, umumiy hisobda esa 1215 km yurish imkonini beradi. BEV versiyalarida esa batareya quvvati 64,8 kVt/soat, 74,4 kVt/soat va 79,2 kVt/soat bo‘lib, CLTC standarti bo‘yicha 560 km, 660 km va 705 km masofani bosib o‘tadi.

Aqlli boshqaruv tizimlari

Foto: Autohome

Taqdimot chog‘ida kompaniya o‘zining yangi Yuanjing Intelligent Driving va Yuanjing Intelligent Cabin tizimlarini ham namoyish etdi. Intelligent Driving uch darajada taklif etiladi: Pro (L2), Max (L3) va Ultra (L4), ularning hisoblash quvvati 128 dan 1000 TOPS gacha.

Intelligent Cabin esa haydovchi ovozi va hissiyotlarini aniqlay oluvchi sun’iy intellektga asoslangan.

Foto: Autohome

Dizayn va interyer

Old qismi yopiq panjara, uchburchak shaklli LED chiroqlar va sport uslubidagi bamper bilan ajralib turadi. Avtomobil o‘lchamlari: 4760×1936×1650 mm, g‘ildirak bazasi 2845 mm.

Salon markazida 15,6 dyuymli sensorli ekran va 22,8 dyuymli HUD proyektor joylashgan. Smartfonlar uchun 50 Vt simsiz tezkor quvvatlash, isitish, shamollatish va massaj funksiyali o‘rindiqlar hamda 18 karnayli audio tizim mavjud.

Foto: Autohome

Texnik imkoniyatlar

BEV modellarida 185 kVt (248 ot kuchi) yoki 200 kVt (268 ot kuchi) quvvatga ega elektromotorlar o‘rnatilgan. Maksimal moment esa 320–360 N·m. EREV versiyasi esa 200 kVt elektromotor va 77 kVt quvvatli generator bilan ishlaydi. 0–100 km/soat tezlikka 6,5 soniyada chiqadi.

Barcha versiyalar L2 darajadagi haydovchiga yordam beruvchi tizimlar bilan ta’minlangan. Yuqori toifadagilar esa Qualcomm 8775 chipi orqali Navigate on Autopilot va aqlli avtoparkovka funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Honda Passport TrailSport HRC avtomobili qanday xususiyatlarga egaligi haqida yozgan edi.

Shuningdek