Banklar kapitaliga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Adliya vazirligi «Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom»ni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu hujjat banklar, jumladan mikromoliya banklari uchun kapitalning yetarliligi bo‘yicha talablarni belgilaydi.
Endi faoliyatini boshlaganiga uch yildan kam bo‘lgan banklarning birinchi darajali kapitali ustav kapitalining kamida 70 foizini tashkil etishi kerak. Bunda birinchi darajali asosiy kapital tarkibiga oddiy aksiyalarni joylashtirishdan olingan qo‘shimcha mablag‘lar, taqsimlanmagan foyda, o‘tgan yillardagi qoplanmagan zararlar va joriy yil zararlari kiradi.
Shuningdek, kredit xavfi bank aktivlari va balansdan tashqari majburiyatlar, jumladan hosilaviy instrumentlar asosida hisoblanadi.
Avvalroq kredit berishdan oldin banklar mijozlarga cheklist berishi haqdagi Markaziy bank talablari e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, banklar jismoniy shaxslarga kredit olishdan oldin standart cheklist beradi. Cheklist majburiyat va tavakkalchiliklarni sodda tushuntiradi. To‘lovlarda qiynalayotgan mijozlar uchun ichki tartib bo‘lishi shart. Bank bu tartibni oshkor qiladi. Restrukturizatsiya jarayoni shaffof bo‘ladi.