Braziliya hukumati afsonaviy «Marakana» stadionini sotmoqchi

29-oktabr 2025 18:15 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Braziliya hukumati afsonaviy «Marakana» stadionini sotmoqchi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Rio de Janeyro hukumati 1950-yilda ochilgan mashhur «Marakana» stadionini sotuvga qo‘yish qarorini qabul qildi. Bundan maqsad shahar budjetiga yuk bo‘lgan xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish va € 1,89 milliard davlat qarzining bir qismini qoplashdir, deb xabar beradi RMC Sport nashri.

Rio shtati qonunchilik majlisi prezidenti Rodrigu Amorimning aytishicha, «Marakana»ni saqlash xarajatlari o‘ta yuqori, har bir o‘yinga o‘rtacha € 160 ming sarflanadi. Unga ko‘ra, stadion va unga tutash infratuzilmani sotish orqali € 320 million atrofida mablag‘ tushishi kutilmoqda.

Shtat 2026-yilga borib qarzini to‘liq to‘lashi lozim bo‘lgani sabab, bu tashabbus iqtisodiy jihatdan muhim hisoblanadi.

«Marakana» dunyo futbolining eng taniqli arenalaridan biridir. 1950-yilgi jahon chempionati finalida 173 mingdan ortiq muxlis shu yerda Braziliya va Urugvay o‘yinini tomosha qilgan. Stadion 2014-yilgi jahon chempionati va 2016-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlariga ham mezbonlik qilgan. 2027-yilda esa bu yerda ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatining sakkizta o‘yini o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan afsonaviy San-Siro stadioni buzilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek