Sport

«Paxtakor» va «Buxoro» O‘zbekiston kubogi uchun Andijonda bellashadi

Bugun O‘zbekiston kubogining final o‘yini bo‘lib o‘tadi
Foto: O‘zPFL

29-oktabr kuni Andijondagi Bobur Arena stadionida O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. G‘oliblik uchun «Paxtakor» va «Buxoro» klublari maydonga tushadi.

«Sherlar» yarimfinalda Samarqandning «Dinamo» jamoasini penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag‘lub etdi. «Buxoro» esa Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubidan 3:2 hisobida ustun kelib, hal qiluvchi bahsga yo‘l olgan edi.

Foto: O‘zPFL

Ma’lumot uchun, «Paxtakor» klubi O‘zbekiston kubogining 13 karra g‘olibi sanaladi. «Buxoro» esa hali turnirni biror marta ham yutmagan, bu buxoroliklar uchun ilk final sanaladi. Final uchrashuvi soat 18:30 da start oladi. G‘olib musobaqa chempioniga aylanadi.

2024-yili O‘zbekiston kubogi finalida «Andijon» va «Navbahor» ishtirokida vodiy derbisi guvohi bo‘lgan edik. Gollarga boy bo‘lgan bahsning ekstra taymlarida «Andijon» g‘alaba qozonib, o‘z tarixidagi ilk chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan musobaqa finalchilari aniq bo‘lgani haqida xabar bergan edi.