BYD T35 elektr yuk mashinasi taqdim etildi

29-oktabr 2025 17:45 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD
Foto: BYD

BYD Yaponiyada o‘tayotgan Japan Mobility Show 2025 ko‘rgazmasida o‘zining yangi BYD T35 elektr yuk mashinasini namoyish etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. Modelning boshlang‘ich narxi esa 8 mln iyena (taxminan $52,5 ming) atrofida bo‘ladi.

Texnik xususiyatlari

BYD T35 ikki xil kuzov turida taqdim etiladi — alyuminiy furgon va ochiq platformali (flatbed) versiyalar. Model LFP (lityiy temir fosfat) Blade Battery texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, Cell-to-Chassis (CTC) dizayniga ega. Bu yechim batareyani avtomobil shassisiga bevosita integratsiya qilib, barqarorlik va xavfsizlikni oshiradi.

Foto: BYD

Bir marta to‘liq zaryad bilan T35 WLTC sikli bo‘yicha 250 km masofani bosib o‘tadi. Orqa o‘rnatilgan elektromotor 150 kVt (201 ot kuchi) quvvat va 340 N/m moment ishlab chiqaradi. Model ADAS xavfsizlik tizimlari — Forward Collision Warning (FCW), Adaptive Cruise Control (ACC) va Lane Departure Warning (LDW) funksiyalari bilan jihozlangan.

Salon va texnologiyalar

Foto: BYD

Kabina zamonaviy va qulay: 12,8 dyuymli sensorli ekran, ovoz bilan boshqarish tizimi, isitiladigan va shamollatiladigan haydovchi o‘rindig‘i, shuningdek simsiz telefon quvvatlash funksiyasi mavjud. Avtomobil OTA (Over-the-Air) yangilanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa dasturiy ta’minotni masofadan avtomatik yangilash imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Racco elektromobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek