Kuvayt O‘zbekistonda yangi islom banki tashkil etishi mumkin

Kuvayt delegatasiyasi O‘zbekistonda yangi islom banki tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) xabar bermoqda.
Muzokaralarda moliya, sanoat, energetika va infratuzilma sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, Kuvayt tomonining O‘zbekiston hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarida ishtirokini kuchaytirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Uchrashuv davomida islomiy moliya tizimini rivojlantirish va Noor Financial Investment Company ishtirokida O‘zbekistonda yangi islom bankini tashkil etish imkoniyatlari alohida e’tibor markazida bo‘lgan.
Kuvayt delegatsiyasi O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, mamlakatning investitsiyaviy tashabbuslarida faol ishtirok etishga tayyor ekanini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan keyingi yildan boshlab kredit berishdan oldin banklar mijozlarga cheklist berishi haqida yozgan edi.