Kredit berishdan oldin banklar mijozlarga cheklist beradi

eʼlon qilindi
Mijoz so‘raganidan ortiq kreditni taklif qilish taqiqlanadi
Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

Markaziy bank banklar uchun iste’molchini himoya qiluvchi yangi talablarni tasdiqladi. 29-oktabr kuni Adliya vazirligi ushbu qarorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, banklar jismoniy shaxslarga kredit olishdan oldin standart cheklist beradi. Cheklist majburiyat va tavakkalchiliklarni sodda tushuntiradi.

To‘lovlarda qiynalayotgan mijozlar uchun ichki tartib bo‘lishi shart. Bank bu tartibni oshkor qiladi. Restrukturizatsiya jarayoni shaffof bo‘ladi.

Nohaq amaliyotlar cheklanib, mijoz so‘raganidan ortiq kreditni taklif qilish taqiqlanadi. Ijtimoiy nafaqa va yordam mablag‘lariga undirish qo‘yilmaydi. To‘lovlar faqat jadvaldagi kalendar sanalarda undirila oladi. Oldindan talab qilish mumkin emas.

Yangi tartibga ko‘ra, kredit parametrlari maydonlari avvaldan to‘ldirilmaydi. Bu mijoz tanlovini erkin qiladi.

Banklar omonatlar kafolati haqida batafsil axborot beradi. Kafolat turlari, miqdori, kompensatsiya tartibi va muddatlari tushuntiriladi.

O‘zgartirishlar 2026-yil 29-yanvardan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Markaziy bankda yangi tayinlovlar amalga oshirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek