«Melisa» to‘foni Kubaga yopirildi, 700 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

28-oktabr kuni «Melisa» to‘foni Kubaning janubiy-sharqiy qirg‘oqlariga 195 km/soat tezlikdagi shamol bilan yopirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat sharqida 735 mingga yaqin fuqaro xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan.
Kuba prezidenti Migel Dias Kanel to‘fon katta zarar yetkazishini aytib, aholiga evakuatsiya ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishni so‘radi. Elektr ta’minoti deyarli butun sharqiy hududda o‘chirildi, aholining bir qismi Santiago de Kuba shahri atrofidagi xavfsiz joylarga joylashtirildi.

Santiago de Kubadan 40 km g‘arbda joylashgan Guamo tog‘li hududida kuchli yomg‘ir va shamol sababli daryo yo‘llari toshgan, pasttekisliklarda suv toshqinlari yuzaga kelgan. Mahalliy ommaviy axborot vositalari Sierra-Maestra tog‘ etagdagi shaharlar ko‘chalari suv bilan to‘lgani haqida xabar bermoqda.
Yamaykada esa to‘fon eng kuchli bosqichida 500 mingdan ortiq kishi elektrsiz qolgan, kamida uch kishi halok bo‘lgan.
«Biz hali qurbonlar sonini aniq bilmaymiz, ammo bu ofat qurbonlarsiz o‘tmaydi», — dedi bosh vazir Endryu Holnes CNN’ga bergan intervyusida.
To‘fon hozirda Baho orollari tomon harakatlanmoqda. AQSh Davlat departamenti Yamaykaga insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni boshlaganini bildirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yamayka 2025-yilning eng kuchli to‘foniga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi.