O‘FA Ro‘ziqul Berdiyevning so‘zlaridan keyin surishtiruv boshladi

29-oktabr 2025 10:56 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
O‘FA Ro‘ziqul Berdiyevning so‘zlaridan keyin surishtiruv boshladi
Foto: O‘zPFL

26-oktabr kuni O‘zbekiston Superligasi doirasida «Nasaf» «OKMK» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. O‘yindan keyin «Ajdarlar» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida qatnashib, munozaralarga sabab bo‘lgan fikrlarni bildirdi. Bu so‘zlar ortidan O‘FA surishtiruv boshlaganini e’lon qildi.

«Biz ham, «OKMK» ham kombinatsion futbol o‘ynaydigan jamoalarmiz. Ammo bugun maydon shunday holatda ediki, to‘p yerda emas, havoda ko‘proq bo‘ldi. Shuning uchun o‘yin kurashga aylandi. Shunday bo‘lsa-da, har ikki jamoada ham g‘alaba uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Agar ikkinchi bo‘limda imkoniyatlardan yaxshiroq foydalanganimizda, natija boshqacha bo‘lishi mumkin edi», — dedi murabbiy.

Matbuot anjumanida jurnalistlar chempionlik kurashi haqida so‘radi. Murabbiyning so‘zlari jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

«Hozir ko‘pchilik «Neftchi» chempion bo‘ladi, deb gapiryapti. Buni eshityapmiz, lekin mavsum oxirida haqiqiy chempion kim ekanini vaqt ko‘rsatadi. Biz ham shunchaki qarab turmaymiz. Ko‘p vaqtdan beri mag‘lubiyatsiz seriyadamiz va chempionlikka loyiq o‘ynayapmiz. Agar «Neftchi» chempion bo‘lsa, qahramonlarni maydondan emas, maydondan tashqaridan qidiringlar», — dedi Berdiyev.

Hozircha vaziyat O‘FA tomonidan tekshirilmoqda. Agar dalillar qoidabuzarlikni tasdiqlasa, vakolatli organlar va klub tomonidan ogohlantirish yoki intizomiy jazo qo‘llanishi ehtimoli mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Nasaf» Elit OCHL uchinchi turida «Shabab Al Ahli»ga yirik hisobda yutqazgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek