OpenAI, Google va boshqa yirik texnokomaniyalar O‘zbekistonda 124,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi

eʼlon qilindi
Meta 35,2 mlrd so‘m soliq to‘lagan
OpenAI
Foto: Unsplash

O‘zbekiston davlat budjetiga 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida 73 ta xorijiy kompaniya tomonidan jami 124,8 mlrd so‘m miqdorida soliq to‘lovlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 44 foizga ko‘p.

Hisobotlarga ko‘ra, jami to‘langan soliqlarning 93 foizi atigi 10 ta yirik texnologik kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Ular orasida dunyo IT bozorining yetakchilari bor:

  • Meta — 35,2 mlrd so‘m;
  • Apple — 35,1 mlrd so‘m;
  • Google — 31,2 mlrd so‘m;
  • OpenAI — 4,7 mlrd so‘m;
  • Booking.com — 2,9 mlrd so‘m.

Shuningdek, boshqa xalqaro kompaniyalar ham O‘zbekistonda faoliyatdan tushgan daromadlari bo‘yicha soliq to‘lagan:

  • TikTok — 2,6 mlrd so‘m;
  • Netflix — 1,3 mlrd so‘m;
  • Acc va Zoom — har biri 1,1 mlrd so‘m;
  • Adobe — 1 mlrd so‘m.

Raqamlar O‘zbekiston IT sektori va raqamli xizmatlar bozori jadal o‘sayotganini, shuningdek, mamlakatning xorijiy texnologik kompaniyalar uchun jozibador bozor sifatida shakllanayotganini ko‘rsatadi.

Esaltib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentda 17 milliard so‘mlik QQS bilan bog‘liq firibgarlik fosh etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek