Gadjetlar

Oppo Find X9 Pro eng uzoq ishlovchi smartfon deya e’tirof etildi

Foto: Videodan ekran tasviri

PhoneBuff tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi avtonomiya sinovlarida Oppo Find X9 Pro raqobatchilarini ortda qoldirib, eng uzoq ishlovchi smartfon sifatida tan olindi. Sinovlar maxsus robot tizimi yordamida aniq sharoitda amalga oshirilgan.

Testda uch flagman ishtirok etdi. Ular Samsung Galaxy S25 Ultra (5000 mA/soat batareya), iPhone 17 Pro Max (5088 mA/soat) va Oppo Find X9 Pro.

Find X9 Pro smartfonidagi yangi energiya sig‘imini oshirib, zaryadni uzoq saqlash imkonini beradi.

OPPO Find X9 Pro vs. iPhone 17 Pro Max Battery Test

Sinov natijalariga ko‘ra, birinchi bo‘lib Galaxy S25 Ultra zaryadi tugagan. U 11 soat 50 daqiqa ishlagan. Keyingi o‘rinda iPhone 17 Pro Max bo‘lib, 13 soat 5 daqiqa natija ko‘rsatdi. Ammo Oppo Find X9 Pro 15 soat 46 daqiqa davomida ishlagan.

Umumiy hisobda 15 soat 46 daqiqa ishlash natijasi bilan Oppo Find X9 Pro PhoneBuff tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oppo Find X9 va X9 Pro Yevropada taqdim etilgani haqida yozgan edi.