
Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi dengiz sathidan 2,4 ming metr balandlikda joylashgan Suffa qishlog‘ida 28-oktabr kuni kechasi qor yog‘gani haqidagi videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, havo haroratining keskin pasayishi va qor yog‘ishi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida oktabr oyining so‘nggi kunlarida ajablanarli hol emas.
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda respublikaning ayrim viloyatlarida yomg‘ir va qorga aylanishi mumkin bo‘lgan yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shu bilan birga, pasttekisliklarda qor barqaror tus olmasligi, lekin tog‘li hududlarda haroratning kechasi -2 -5 darajagacha tushishi ehtimoli bor.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 29-oktabr kuni O‘zbekiston hududida asosan o‘zgaruvchan ob-havo kuzatilishi haqida xabar bergan edi.