O‘zbekistonda 5-may “Kasb va mehnat kuni” sifatida belgilandi

eʼlon qilindi
Prezidentning 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qaroriga binoan
O‘zbekistonda 5-may «Kasb va mehnat kuni» sifatida belgilandi / Foto: Uzsmart

O‘zbekistonda 5-may sanasi endilikda «Kasb va mehnat kuni» sifatida nishonlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Hujjatda kasbiy ta’lim tizimini 2030-yilgacha isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilangan. Xususan, xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar soni kamida 250 taga yetkaziladi, 9-sinf bitiruvchilarining kasbiy ta’lim bilan qamrovi 29 foizdan 50 foizga oshiriladi.

Shuningdek, xorijda malaka oshirgan va stajirovka o‘tgan pedagoglar soni 100 nafardan 2 500 nafarga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarda davom ettirishga ruxsat beriladi.

2026-yildan boshlab «Kasb va mehnat kuni» doirasida kasblar jozibadorligini oshirish, yoshlar orasida kasbiy ta’limni targ‘ib qilishga qaratilgan turli tadbirlar muntazam o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada o‘zbekistonliklarning ishlash tartibi soddalashtirilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek