O‘zbekistonda baliq ovlash hajmi 9,3 foizga oshdi

2025-yilning yanvar–sentabr oylarida mamlakatda jami 98,5 ming tonna baliq ovlangan. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,3 foizga ko‘p.
Ma’lumotga qaraganda, eng ko‘p baliq Xorazm (15,5 ming tonna), Toshkent (12,2 ming tonna) va Andijon viloyatlarida (10,3 ming tonna) ovlangan.
Ovlangan baliqlar bo‘yicha eng kam hajm esa Qashqadaryo viloyatida (2 ming tonna) qayd etilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda gulmohi balig‘ini yetishtirish ommalashtirilishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, davlat rahbari mutasaddilarga gulmohi yetishtirish mumkin bo‘lgan tumanlarni aniqlash va bu tajribani butun respublika bo‘ylab ommalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, Niderlandiya bilan hamkorlikda baliq ozuqasi ishlab chiqarish, Norindagi tik quduqlar yonida sun’iy hovuzlar qurib aholiga bo‘lib berish vazifalari belgilandi.