O‘zbekistonda yangi Kasbiy ta’lim agentligi tuzildi

eʼlon qilindi
Prezidentning 2025-yil 23-oktabrdagi PF–190-son farmoniga binoan
O‘zbekistonda yangi Kasbiy ta’lim agentligi tuzildi / Foto: Jhma

O‘zbekistonda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi. Bu haqda Adiya vazirligi ma’lum qildi.

Farmonning asosiy maqsadi — kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitishda boshqaruv tizimini takomillashtirish, yagona yondashuv asosida malakali mutaxassislar tayyorlash hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etishdir.

Yangi agentlik davlat ta’lim standartlari asosida faoliyat yurituvchi texnikum va o‘quv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom yoki sertifikat beradi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hokimlar raisligida Kasbiy ta’limni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi. Ularning tarkibiga yirik tadbirkorlar, ish beruvchi korxonalar hamda davlat idoralari vakillari kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 5-may «Kasb va mehnat kuni» sifatida belgilangan edi.

Shuningdek