Qishda elektr energiyasi tariflari o‘zgarmaydi — Energetika vazirligi

eʼlon qilindi
Ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan moddiy yordam ajratiladi
Qishda elektr energiyasi tariflari o‘zgarmaydi — Energetika vaziri / Foto: Energetika vazirligi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ma’lum qilishicha, 2025-yil 1-yanvardan gazsiz uylar uchun elektr energiyasiga beriladigan imtiyozlar bekor qilinadi. Shu bilan birga, elektr energiyasi tariflari oshirilmaydi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, gazlashmagan va elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uylar hamda yotoqxonalarda yashovchi iste’molchilar amaldagi tarifning yarmini to‘laydi — ya’ni 1 kVt·soat uchun 600 so‘m emas, 300 so‘m hisoblanadi.

Shuningdek, isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan moddiy yordam ajratiladi. Gazlashmagan hududlarga esa suyultirilgan gaz va ko‘mir mahsulotlari imtiyozli narxlarda yetkazib berilmoqda.

Mirzamahmudovning ta’kidlashicha, hozircha ayrim hududlarda elektr to‘lovlarini kamaytirish bo‘yicha pilot loyihalar sinovdan o‘tkazilmoqda. Energetika vazirligi yil yakunigacha tahlil va hisob-kitoblarni yakunlab, hukumatga yakuniy taklif kiritishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya O‘zbekistonda quyosh energetikasiga $1,45 mlrd investitsiya kiritishi haqida yozgan edik.

Shuningdek