Radioaktiv chiqindilarning xavfsizlik talablari tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Radiatsion nazorat shakli loyiha hujjatlarida belgilanadi
Foto: depositphotos.com

Adliya vazirligi radioaktiv chiqindilar bilan muomala talablari ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, talablar AES, kichik modulli reaktorlar, ilmiy reaktorlar va boshqa yadro qurilmalariga tatbiq etiladi. Maqsad – chiqindilar bilan ishlashda xavfsizlikni ta’minlash.

Xodimlar doimiy individual nurlanish nazoratidan o‘tadi. Chiqindilar faolligi bo‘yicha tasniflanadi. Radiatsiya tarqalishining oldi olinadi. Muhofaza va muhandislik to‘siqlari qo‘llanadi. Xodimlar PPE va dozimetrik nazorat vositalari bilan ta’minlanadi.

Radiatsion nazorat shakli loyiha hujjatlarida belgilanadi. U ekspluatatsiya hujjatlarida ham ko‘rsatiladi. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar yo‘riqnomalar va qo‘llanmalar ishlab chiqadi. Ish tartibi va xavfsizlik qoidalari hujjatlashtiriladi.

Radioaktiv chiqindi hosil bo‘lish normalari alohida hisobda yuritiladi. Yillik rejalashtirilgan hajmlar ham hisobotda aks ettiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan belgilangan joyga chiqindi tashlamaganlar 224 mln so‘m jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek