Saudiya Arabistoni 2034-yilgi Jahon chempionati uchun osmono‘par stadion quradi

29-oktabr 2025 17:51 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: constructionweeksaudi.com

Saudiya Arabistoni dunyoda ilk bor osma stadion qurishni rejalashtirmoqda. Stadion 46 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, quyosh va shamol energiyasida ishlaydi. Daily Telegraph nashrining xabar berishicha stadion 2034-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun mo‘ljallangan.

Qurilish ishlari 2027-yilda boshlanib, 2032-yilgacha yakunlanishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, futuristik inshoot NEOM loyihasining The Line nomli shahri markazida barpo etiladi. Stadion 350 metr balandlikda quriladi va sport infratuzilmasi uchun yangi standartlarni belgilashi kutilmoqda.

FIFA loyihani dastlabki bosqichda ma’qullagan, biroq mutaxassislar inshootning balandligi va joylashuvi sababli muhandislik jihatdan murakkabliklar yuzaga kelishini ta’kidlamoqda. NEOM tashabbuslari amalga oshirishda kechikishlar kuzatilayotganiga qaramay, rasmiylar stadionni 2034-yilgi turnir oldidan ustuvor loyiha sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saudiya Arabistoni Haj ziyorati uchun yangi talablarni joriy etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek