Sirdaryoda gumonlanuvchidan pora olgan advokat qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent viloyatida hokimlik xodimi ustidan jinoyiy ish ochildi
Sirdaryoda gumonlanuvchidan pora olgan advokat qo‘lga olindi / Foto: ochiq manba

Sirdaryo tumanidagi advokatlik byurosi advokati o‘z xizmat mavqeidan suiiste’mol qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, advokat tergov hibsxonasida saqlanayotgan gumonlanuvchini boshqa joyga o‘tkazish va sudda ishni uning foydasiga hal qilish evaziga $5,5 ming talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat $4,5 ming va 6 mln so‘m olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ta’kidlash joiz, ushbu advokat gumonlanuvchining huquqlarini himoya qilish uchun davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish maqsadida jalb qilingan edi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlangan edi.

Shuningdek