Yangilangan Toyota Turbo Trail Cruiser avtomobili taqdim etildi

29-oktabr 2025 09:12 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Toyota

Toyota kompaniyasi Las-Vegasda o‘tayotgan SEMA Show 2025 ko‘rgazmasida Toyota Turbo Trail Cruiser modelini taqdim etdi. U mashhur 1980-yillardagi Land Cruiser FJ60 modeli asosida yaratilgan.

Avtomobil o‘zining klassik ko‘rinishini saqlab qolgan. U 3,4 litrli i-Force V6 biturbo dvigatel 389 ot kuchiga va 650 Nm aylanish momentiga ega. Bu natija asl modeldagi dvigateldan deyarli ikki baravar kuchli. Yangi agregat yanada jim, tejamkor va qulay ishlashi bilan ajralib turadi.

Foto: Toyota

Dvigatelni FJ60 kuzoviga joylashtirish uchun Toyota Motorsports Garage mutaxassislari maxsus tayanchlar, yog‘ poddoni, issiqlik almashtirgich va elektr simlarini yangidan ishlab chiqishgan. Avtomobil 4 sm balandroq qilinib, 35 dyuymli off-road shinalar bilan jihozlangan.

Eksteryer deyarli o‘zgarmagan — korpus asl shaklda saqlangan, g‘alogen faralar ham o‘z o‘rnida.

JBL audio tizimi va panelga uyg‘un joylashtirilgan sensorli ekrani mavjud.

Toyota’ning Turbo Trail Cruiser modeli SEMA 2025 ko‘rgazmasida kompaniyaning 20 dan ortiq kontsept avtomobillari qatorida namoyish etiladi. Ulardan yana Camry XSE va Corolla Cross Hybrid Nasu modellarini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toyota Land Cruiser FJ avtomobili kutilganidek bo‘lmagani haqida yozgan edi.

Shuningdek