Yaponiya O‘zbekistonda quyosh energetikasiga $1,45 mlrd investitsiya kiritadi

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetika loyihalari uchun $1,45 mlrd miqdorida moliyaviy paket tayyorlamoqda.
JBIC loyihaning $635 mln qismini to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtiradi. Shuningdek,Sumitomo Mitsui Banking va Norinchukin Bank ham kredit ajratadi, sug‘urta kafolatini esa NEXI ta’minlaydi. Mablag‘lar Samarqand yaqinida joylashadigan ikki yirik quyosh elektr stansiyasi va energiya saqlash tizimlari qurilishiga yo‘naltiriladi. Ularning umumiy quvvati 1 Gt bo‘lib, bu mamlakatdagi eng yirik «yashil energetika» loyihalaridan biri bo‘ladi.
Loyihada Saudiya Arabistonining ACWA Powe kompaniyasi 51 foizlik ulush bilan bosh ishtirokchi sifatida qatnashadi. Bundan tashqari, Yaponiyaning Sumitomo Corp, Chubu Electric Power va Shikoku Electric Power korporatsiyalari ham hamkor sifatida loyihaga jalb etilgan.
Nikkea Asia nashrining fikriga ko‘ra, Rossiya–Ukraina urushi fonida Markaziy Osiyo mintaqasining energetik va transport yo‘lagi sifatidagi geosiyosiy ahamiyati ortmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sib borar ekan, «yashil energiya»ga bo‘lgan talab ham oshmoqda.
Yaponiya hozircha O‘zbekistonda kichik iqtisodiy ishtirokka ega, biroq bu loyiha orqali Tokio Xitoy va Rossiya kabi mintaqaviy o‘yinchilarga javoban o‘z ta’sirini kuchaytirish niyatida.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat aholisi uchun «yashil energiya» subsidiyalari joriy etilgani haqida xabar bergan edi.