
Yaponiya elchisi Kenji Hirata hamda Dominikan respublikasining elchisi Alexandro Arias Sarsuela O‘zbekistonda o‘z diplomatik faoliyatlarini boshladi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ulardan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olganini ma’lum qildi.




Uchrashuvlarda O‘zbekiston bilan ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Saidov elchilarga mamlakatdagi diplomatik faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.
Avvalroq Baxtiyor Saidov Serbiyaning yangi tayinlangan elchisini qabul qilgani xabar berilgandi. Unga ko‘ra, Saidov Serbiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Momchilo Babichdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.