Avto

17 ming dollarlik Hyundai EO elektromobili taqdim etildi

Hyundai
Foto: Hyundai

Hyundai kompaniyasi tomonidan $17 minglik Hyundai EO elektromobili taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. Avtomobil uch xil versiyada taqdim etilgan.

Hyundai EO E-GMP elektr platformasiga asoslangan bo‘lib, 540 km gacha zaryad masofasiga ega. Dizaynda raqamli «8» elementi ishlatilgan. Avtomobilning uzunligi 4615 mm, eni 1875 mm, balandligi esa 1675 mm bo‘lib, g‘ildirak bazasi 2750 mm ni tashkil qiladi.

Foto: Hyundai

Salon dizayni zamonaviy uslubda bezatilgan: 27 dyuymli 4K ikkilik ekran, ikki rangli uch spikali rul, bosh displey orqali ma’lumot ko‘rsatish tizimi va markaziy konsolda ikki simsiz quvvatlash joyi mavjud. Shuningdek, Bose audio tizimi, panoramali tom oynasi, elektr eshiklar, va turli haydash rejimlari bilan jihozlangan.

Foto: Hyundai

Texnik jihatdan Hyundai EO bir motorli (160 kVt, 215 ot kuchi) va ikki motorli (233 kVt, 312 ot kuchi) versiyalarda ishlab chiqariladi.

Akkumulyator sig‘imi 64,2 kVt/soat va 88,1 kVt/soat bo‘lib, 518 km dan 722 km gacha yurish masofasini ta’minlaydi.

Foto: Hyundai

Kompaniya 2026 – 2030-yillar oralig‘ida yangi sedanlar, SUV’lar va MPV modellarini chiqarishni rejalashtirgan. 2030-yilga borib Beijing Hyundai 13 ta elektromobil va 7 ta benzinli modelni taqdim etishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Hyundai Elexio EO elektromobili uchun oldindan buyurtmalar ochilgani haqida yozgan edi. Elexio EO Hyundai’ning E-GMP (Electric Global Modular Platform) platformasida yaratilgan.