
29-oktabr kuni Bahraynda o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi og‘ir atletika, erkin kurash va dzyudo sport turlarida kuch sinashdi.
Bir kunlik dasturdan o‘rin olgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra sportchilarimiz 5 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Og‘ir atletika bahslarida 88 kg vaznda Munisbek Davletov dast va siltab ko‘tarish yo‘nalishlarida bittadan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Dzyud bo‘yicha 40 kgda Dilafro‘z Boltaboyeva va 55 kgda Abubakr Sattorov raqiblarini yengib, o‘z vaznlarida tengsiz deb topildi.

Erkin kurash bahslarida 80 kgda Bunyod Rufatov musobaqa oltin medaliga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, 48 kgda Shahobiddin Nurmanov va 43 kgda Shohista Shonazarova kumush medallarga sazovor bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan delegatsiyamiz 3 ta oltin va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.