Yangiliklar

Bortida 220 nafar sayyoh bo‘lgan kema butunlay yonib ketdi — video

Hech kim jarohat olmagan
kema
Foto: Ochiq manba

Misrning Luksor shahri yaqinida joylashgan Esna hududida Nil daryosida harakatlanayotgan sayyohlik kema yong‘inga uchradi. Kema bortida bo‘lgan 220 nafar yo‘lovchi, jumladan, turli mamlakatlardan kelgan sayyohlar evakuatsiya qilingan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in kemaning oshxona qismida boshlangan. Kapitan vaziyatni tezda nazoratga olib, kemani Esna markazidagi Waborat Al-Mata’na yaqinidagi norasmiy sohilga to‘xtatgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/10/rk0a9fr4ntisanfe.mp4
Video: Ijtimoiy tarmoq

Luksor xavfsizlik boshqarmasi rahbari Mohamed al-Saviy voqea yuzasidan ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, yong‘in dastlab kichik ko‘lamda bo‘lgan, ammo evakuatsiyadan keyin kema to‘liq yonib ketgan.

Hech kim jarohat olmagan, o‘lim holatlari qayd etilmagan. Hodisa yuzasidan polis protokoli tuzilib, ish Luksor prokuraturasi nazorati ostida tergovga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQSh Janubiy Koreyaga yadro suv osti kemasi qurishga ruxsat bergani haqida yozgan edi.