Huawei Mate X7 bukiluvchi smartfoni haqida nimalar ma’lum

30-oktabr 2025 17:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Huawei
Foto: Huawei

Yangi taqdim etiladigan Huawei Mate X7 bukiluvchi smartfoni haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Huawei Mate X7 (kod nomi Delphi) noyabr oyida taqdim etiladi. Qurilmada 7,95 dyuymli bukiluvchi 2K displey o‘rnatilgan bo‘lib, u COE (Color-on-Encapsulation) texnologiyasi orqali yorqin ranglar beradi, LTPO texnologiyasi esa kadr yangilanish tezligini avtomatik sozlaydi. Ekran ultratovuq shisha (UTG) bilan himoyalangan.

Smartfon yangi Kirin 9030 protsessori bilan jihozlanadi. Shu chip Mate 80 Pro modelida ham ishlatilishi kutilmoqda. Qurilma avvalgisiga nisbatan yengilroq va yupqaroq bo‘ladi, shuningdek kattaroq batareya va yaxshilangan kamera tizimi bilan chiqadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, batareya sig‘imi 5500 mA/soat atrofida bo‘ladi. Mate X7 beshta rangda taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Huawei Mate 80 seriyasi to‘liq 3D yuzni tanish tizimi bilan ta’minlanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek