Lifestyle

Husanov jarohatdan so‘ng safga qaytdi, «Manchester Siti» Liga kubogida «Suonsi»ni mag‘lub etdi

Husanov 64 daqiqa maydonda o‘ynadi
Xusanov jarohatdan so‘ng safga qaytdi, «Manchester Siti» Liga kubogida «Suonsi»ni mag‘lub etdi / Foto: «Manchester Siti»

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov jarohatdan so‘ng ilk bor “Manchester Siti»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va jamoasiga Angliya Liga kubogi 1/8 finalida «Suonsi» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonishda yordam berdi.

Birinchi taym

«Suonsi» faol o‘yin bilan boshladi va 12-daqiqada hisobni ochdi – Gonsalo Franko jarima maydoni chizig‘idan to‘pni aniq zarba bilan darvozaning o‘ng yuqori burchagiga yo‘lladi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/10/sy4qelfx4jbgxjue-suons1-1.mp4

Shundan so‘ng «Siti» to‘pga to‘liq egalik qila boshladi. 39-daqiqaga kelib esa hisob tenglashdi. Doku jarima maydoniga yorib kirdi, zarba berdi va to‘p Berdjessga riko­shet bo‘lib, darvozaga kirdi – 1:1.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/10/replay-2025-10-29-23-24-49sit1-1.mp4

Ikkinchi bo‘lim: «Siti»ning nazorati va Marmushning goli

Tanaffusdan so‘ng «shaharliklar» «oqqushlar»ni o‘z darvozalari yaqinida siqib qo‘yishdi. Bir necha hafta jarohat sabab maydonga tusha olmagan Abduqodir Husanov himoyada ishonchli harakat qilib, jamoadoshlarini o‘z vaqtida sug‘urtalab turdi. 64-daqiqada Gvardiola uni tiklanishdan keyin ortiqcha yuklama bermaslik uchun Jon Stounsga almashtirdi.

Bosim o‘z samarasini berdi: 78-daqiqada Marmush Sherkining uzatmasidan so‘ng to‘pni darvoza joylab qo‘ydi – 1:2.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/10/i7wouj9r8bcwzgd7siti2-1.mp4

Yakun: Sherkidan so‘nggi nuqta

90-daqiqada hammasiga Rayan Sherki yakun yasadi. Gvardiolning uzatmasidan so‘ng u jarima maydoni markazida to‘pni qabul qilib oldi va pastki o‘ng burchakka aniq zarba berdi – 1:3. «Suonsi» himoyachilari esa fransuz futbolchining sokinlik bilan mehmonlar foydasiga uchinchi golni urishini faqat tomosha qilishdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/10/3vr2vsfow-lir-xysiti3-1.mp4

«Manchester Siti» muhim g‘alabaga erishib, Liga kubogi chorak finaliga yo‘l oldi. Gvardiola jamoasi o‘yinda to‘liq nazorat, tarkibning chuqurligi va bir nechta futbolchilar qaytgach ishonchli o‘yin namoyish etdi.

Abduqodir Husanov uchun esa bu uchrashuv uzoq kutilgan qaytish bo‘ldi – o‘zbekistonlik himoyachi o‘ziga topshirilgan vazifani ishonchli bajardi va yana o‘yinning ritmiga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov Osiyodagi eng qimmat futbolchiga aylangani haqida xabar bergan edik.