Gadjetlar

iQOO Neo11 smartfoni qanday imkoniyatlarga ega

iQOO
Foto: iQOO

Yangi iQOO Neo11 smartfoniga tegishli texnik xususiyatlar ma’lum bo‘ldi. Qurilma Snapdragon 8 Elite protsessori bilan jihozlanadi.

Manbalarga ko‘ra, iQOO Neo11’da 6,82 dyuymli OLED BOE Q10+ displey o‘rnatilgan bo‘lib, u 2K (3168×1440 piksel) aniqlik va 144 Hz yangilanish chastotasiga ega. Metall ramka va shisha orqa panel dizaynga jiddiylik bag‘ishlagan.

Foto: iQOO

Smartfon 7500 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlanadi va 100 vattlik tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamera ikkita 50 megapiksellik datchikdan iborat bo‘lib, ulardan biri Sony sensori hisoblanadi. Qurilmada IP69 himoya darajasi, stereodinamiklar va ultratovushli barmoq izi skaneri mavjud.

iQOO Neo11 sovitish tizimi uchun 8000 mm² maydonli bug‘ kameraga ega bo‘ladi. Xitoy bozorida u Snapdragon 8 Elite asosidagi Redmi K90 Standard Edition modeli bilan raqobatlashadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xitoyda iQOO 15 smartfoni savdosi rekord darajada oshgani haqida yozgan edi.