Keyingi hafta O‘zbekistonda havo keskin soviydi
eʼlon qilindi
Qor yog‘ishi mumkin

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 3-noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4–6-noyabr oralig‘ida esa respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Shu sababli ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
3–5-noyabr kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik qorga aylanadi.
4–6-noyabrga borib havo harorati sezilarli darajada pasayadi: kechalari +0…+3 daraja iliq, ayrim joylarda esa sovuq kuzatiladi. Kunduz kunlari harorat +8…+13 daraja atrofida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jizzax viloyatining Zomin tumanida qalin qor yog‘gani haqida yozgan edi.